Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Orlando» avtomobili yondi

Toshkentda «Orlando» avtomobili yondi

Bugun, 14 dekabr kuni soat 19:25 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasida haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Sh.A.ning mashinasida yong‘in chiqdi.

Qayd etilishicha, «Orlando» rusumli avtomobil «Hilton» mehmonhonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.

Haydovchi zudlik bilan to‘xtagan. O‘zi va salonda bo‘lgan yo‘lovchilar ham tezkorlik bilan avtomobildan tushgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ushbu hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring