Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda stomatologlar bemorlarga bepul xizmat ko‘rsatdi

Toshkentda stomatologlar bemorlarga bepul xizmat ko‘rsatdi

Foto: Toshkent stomatologiya instituti

Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi tomonidan «Xalqaro nogironlar kuni»da qariyalar uyi va nogironlar uyi vakillari bepul davolandi.

Ma’lumki, Respublikamizda 3-dekabr «Xalqaro nogironlar kuni» sifatida e’lon qilingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramiz aholisining 15 foizi (bir milliarddan ortiqroq inson) nogirolikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. 60 yoshdan oshganlarning 46 foizini nogironlar tashkil qiladi. Yer yuzidagi nogironligi bor insonlarning 10 foizi esa bolalardir

Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi ham bunday savobli ishlarga bosh qo‘shgan holda «Samimiy tabassum» nomli tadbirda, 2020 yil 3 dekabr kuni yordamga muhtoj qariyalar uyidan 15 ta, Toshkent shahridagi 22-nogironlik uyidan 20 ta bola olib kelinib bepul stomatologik xizmat ko‘rsatilib, davolanadi yana 4 ta bola bepul operatsiya qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring