Toshkentda XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi boshlandi
Bugun 31-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan «INFOLIB UZBEKISTAN-2021» XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi boshlandi.
Haftalik bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etilgan. Haftalik joriy yilning 31-oktyabr kunidan 4 noyabr kuniga qadar davom etadi.
Haftalik doirasida jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar, treninglar, mahorat darslari o‘tkazish hamda nashriyotlar ishtirokida kitob ko‘rgazmalari, yarmarkalarini tashkil etish, mutaxassislarning ma’naviy-madaniy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar, mahorat darslari, ishtirokchilarni keng jalb qilgan holda intellektual bilimini oshiruvchi viktorinalar, taniqli fan va madaniyat namoyandalari, san’atkor va ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxona joriy yilning 1-noyabridan test rejimida tunu-kun ishlashni boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter