Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi Amiti universitetiga kirish imtihonlarida sun’iy intellektdan foydalanildi

Toshkentdagi Amiti universitetiga kirish imtihonlarida sun’iy intellektdan foydalanildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi Amiti universitetida birinchi bosqich imtihonlari o‘tkazildi. Imtihonlar maxsus onlayn formatda o‘tkazilib, unda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanildi. Ushbu tizim O‘zbekistonda birinchi marotaba ishlatilgan noyob jarayon bo‘ldi.

Tizim imtihon paytida nomzodlarning yuzlarini, ovozlarini va harakatlarini tahlil qila oladi hamda abituriyentlar imtihon jarayonida testdan o‘tish uchun boshqa axborot resurslaridan foydalana olmaydilar. Bu esa imtihonning haqqoniy o‘tishini ta’minlab beradi.

Imtihon davomida abituriyentlar xatti-harakatlari maxsus platforma orqali Hindiston tomondan biriktirilgan 56 nafar professor tomonidan nazorat qilindi.

Qayd etilishicha, navbatdagi imtihonlar 18 va 19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring