Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurilishi tugallanmagan jome’ masjidida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkentda qurilishi tugallanmagan jome’ masjidida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Foto: Toshkent shahar FVB matbuot xizmati

Bugun, 8-fevral kuni soat 18:39 da Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan qurilishi tugallanmagan «Siroj-Solih» jome’ masjidida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida masjid ichki va shift qismining 60 kv.m maydoni yongan.

Yong‘in-qutqaruv jangovor bo‘linmalari manzilga soat 18:46da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 19:39da bartaraf etilgan hamda masjidning 150 kv.m maydoni saqlab qolingan.

«Yong‘in natijasida halok bo‘lgan va jabrlaganlar yo‘q. Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi Toshkent shahar FVB xabarida. 

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 

ShOShILINCh: Tarmoqda Toshkent shahridagi Qoraqamish 2/3 mavzesida qurilayotgan yangi masjidda yong‘in chiqqani xabar qilinmoqda #ozodlik #uzbeekistan #masjid #tarmoq #tashkent

Publikatsiya ot Ozodlik Radiosi (@ozodlikradiosi)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring