Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi Romanovlar qasri Madaniyat vazirligiga berildi

Toshkentdagi Romanovlar qasri Madaniyat vazirligiga berildi

Foto: Vikipediya

Toshkentdagi Romanovlar qasri Madaniyat vazirligi hisobiga o‘tkazildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilib o‘tdi.

Tarixiy inshoot uzoq vaqt Tashqi ishlar vazirligi hisobida bo‘lgan. Shundan so‘ng ma’lum muddat muqaddam Toshkent shahar hokimligiga berilgan edi.

Vazirlik tomonidan xabar qilinishicha, Romanovlar qasrini Madaniyat vazirligi hisobiga olish ishlari deyarli tugagan. Ayni vaqtda bino to‘liq rekonstruksiyaga tayyorlanmoqda. Romanovlar qasrida muzey tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Romanovlar qasri 1891 yilda qurilgan edi. Ushbu binoda Rossiya imperatorlari oilasi vakili Nikolay Romanov istiqomat qilgan.

Inshoot ikki qavatdan iborat bo‘lib, yerto‘la qismi ham yashash uchun mo‘ljallangan. Yozning jaziramasida bu yerda issiqdan saqlanish mumkin bo‘lgan. Shu bilan birga binoning yerto‘la qismida oshxona ham joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring