Tramp: «Inglizchani qayerda o‘rgangansiz?» (video)

Liberiya prezidentining inglizchada yaxshi gapirishi Donald Trampni hayratlantirdi.
Vashingtondagi uchrashuvda Jozef Boakay o‘z so‘zini yakunlagach, Tramp undan bunchalik «chiroyli» gapirishni qayerda o‘rganganini so‘radi. «Liberiyada», — dedi javoban Boakay.
«Shu stol atrofida o‘tirgan ayrim odamlarim yaxshi gapirish tugul, hatto yaqinlasha ham olishmaydi», — dedi Tramp hamkasbining inglizcha ravon nutqiga ishora qilib.

Vashingtondagi sammitga kelgan boshqa prezidentlarning mamlakatlarida fransuz, portugal va arab tillari davlat tili hioblanadi, Tramp ularni tilmoch orqali tingladi. Liberiyada esa davlat tili — ingliz tili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter