Tramp Isroilga yetib keldi

AQSh prezidenti Donald Trampning samolyoti Isroildagi Ben-Gurion aeroportiga qo‘ndi. Bu safar – Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha uning rejasi amalga oshirilayotgan paytga to‘g‘ri keldi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Trampning tashrifi garovdagilarning ilk yetti nafari ozod etilganidan so‘ng amalga oshgan.
AQSh prezidentining rejasiga muvofiq, u yaqin vaqt ichida Isroil parlamenti – Knessetda chiqish qilishi, shundan so‘ng esa Misrning Sharm-el-Shayx shahriga yo‘l olishi kutilmoqda. U yerda G‘azo sektoridagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro sammit o‘tkaziladi.
Trampni aeroportda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning rafiqasi, shuningdek, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff, maslahatchisi Jared Kushner va uning rafiqasi Ivanka Tramp kutib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter