Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp tinchlikka erishish uchun Isroilni yon berishga chaqirdi

Tramp tinchlikka erishish uchun Isroilni yon berishga chaqirdi

Donald Tramp

Foto: «Fortune.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp «Israel Hayom» gazetasiga bergan intervyusida Isroilni falastinliklar bilan tinchlikka erishish uchun yon berishga chaqirdi. Bu haqda Fransiyaning «Europe 1» radiosi xabar bermoqda.

Tramp o‘z intervyusida 2017-yil 6-dekabrdagi Quddusning Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi qarorini o‘z davridagi eng muhim burilish nuqtasi deya hisoblashini ma’lum qildi.

«Shuni aniqlashtirishim kerakki, Quddus — Isroil poytaxti. Chegara borasidagi bahslarda ikkala tomonning o‘zaro yechim topishlarini qo‘llab-quvvatlayman. Tinchlikka erishish uchun ikkala tomon ham yon berishlari lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.

O‘z navbatida, Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSh prezidentining Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi qaroridan keyin, amerikaliklar taklif etadigan hech qanday tinchlik muzokaralarini qabul qilmasligini ma’lum qilgan edi. Donald Tramp esa, mabodo Falastin Isroil bilan muzokaralar stoliga o‘tirmaydigan bo‘lsa, unga ajratayotgan yordam pulini to‘xtatish bilan tahdid qildi. Shuningdek, AQSh BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam beradigan tashkilotiga ajratadigan yordam pullarining yarmini berishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring