Trampdan so‘ng Putin Xitoyga borishi kutilmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-may kuni Pekinga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, ko‘p tomonlama tadbirlarni hisobga olmaganda, Xitoy ilk bor bir oyning o‘zida ikki davlat rahbarini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 13–15-may kunlari ushbu mamlakatda davlat tashrifi bilan bo‘ldi.
Bu Pekinning parchalangan dunyo tartiboti sharoitida har ikki davlat bilan aloqalarni saqlab qolish hamda yirik davlat sifatidagi o‘z mavqeini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rsatadi.
South China Morning Post qayd etishicha, Putinning Xitoyga tashrifi Moskva va Pekin o‘rtasidagi odatiy aloqalarning bir qismidir, shu bois Trampning tashrifidagi kabi tantanali kutib olish marosimlarini va keng ko‘lamli yoritishni kutish kerak emas.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter