Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning shifokoridan qiziq bayonot: «Uning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni men yozmadim»

Trampning shifokoridan qiziq bayonot: «Uning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni men yozmadim»

Foto:«Political Suicide»

AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq shifokori Harold Bronshteyn 2016-yilgi prezident saylovidan avval Trampning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni u yozmaganini, balki Tramp unga aytib turganini ma’lum qildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Harold Bronshteyn Tramp prezident bo‘lgunicha uning shifokori sifatida faoliyat yuritgan.
2015-yilgi sog‘liqqa doir xatda «Ochig‘i, agar Tramp prezidentlikka saylansa, bugungacha AQSh rahbari bo‘lgan kishilar orasida eng sog‘lomi bo‘ladi» degan jumla qo‘llangan edi.

AQShning «NBC News» telekanaliga intervyu bergan Harold Bronshteyn Trampning xavfsizlik kengashi rahbari Kit Shiller, Trampning advokati Alan Garten va yana bir kishi 2017-yil 3-fevral kuni uning idorasiga kirib, tintuv o‘tkazganini aytdi.

Shuningdek, Harold Bronshteyn «New York Times» gazetasida Tramp kallikka qarshi davolangani haqida maqola chop etilganini aytib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring