Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya muxolifatidan mamlakat prezidentligiga nomzod ma’lum qilindi

Turkiya muxolifatidan mamlakat prezidentligiga nomzod ma’lum qilindi

Muharram Inje

Foto: «NEWS.ru»

Turkiya muxolifatining Xalq respublikachilar partiyasi fraksiyasi Muharram Injeni prezidentlik lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Inje Turkiya parlamentiga Yalova viloyatidan vakil sanaladi. Inje partiya tomonidan nomzod sifatida ilgari surilgach, u mamlakatning xolis yetakchisi bo‘lishga va «80 millionlik Turkiya xalqi, jumladan chap va o‘nglar, alaviylar, sunniylar, turklar va kurdlar manfaatini himoya qilish»ga va’da bergan.  

Avvalroq Turkiyada joriy yilning 24-iyun kuni muddatidan avval prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring