Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada BAAning ikki josusi qo‘lga tushdi

Turkiyada BAAning ikki josusi qo‘lga tushdi

Foto: «Reuters»

Turkiya huquq-tartibot organlari mamlakatda xufya ish olib borgan BAAning ikki agentini qo‘lga oldi. Ayni vaqtda josuslar saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga qay darajada aloqador ekani o‘rganilmoqda.

Har ikki agent ham ma’lumot yig‘ish maqsadida odamlarni yollaganini tan olgan. Turk razvedkasining tahminicha, ular Turkiyada istiqomat qilayotgan arablar haqida ma’lumot yig‘ishga harakat qilgan bo‘lishi mumkin.

Qo‘lga olinganlardan biri 2018 yilning oktyabrida, Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgani hamono Turkiyaga kelgan. Turkiya maxsus xizmati olti oy davomida uni kuzatib borgan va keyin qo‘lga olgan. Ikkinchi agent esa sal keyinroq kelgani aytilmoqda.

Jamol Qoshiqchi saudiyalik jurnalist bo‘lib, hukmron podshoh oilasi, ularning davlatni boshqaruvi tizimi haqida tanqidiy maqolalari bilan tilga tushgan edi. 2018 yilning oktyabr oyi boshida Saudiya Arabistonining Turkiyadagi konsullik binosida jurnalistning joniga qasd qilingan. U binoga o‘zi kirgan, ammo qaytib chiqa olmagan. Saudiya Arabistoni maxsus kuchlari jurnalistni qiynab, so‘ngra o‘ldirgani xabar qilingan edi.

Qotillik haqida gap ketganda asosiy gumon valiahd shahzodaga qaratilmoqda. Va bu gumonlarda mantiq va haqiqat uchqunlari yo‘q emasligi aytiladi. Ijrochilarning bir qismi Saudiya Arabistoni valiahd shaxzodasi Muhammad bin Salmon bilan aloqador bo‘lgani aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring