Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada nogiron ayol va bir oilaning to‘rt a’zosi sel qurboni bo‘ldi

Turkiyada nogiron ayol va bir oilaning to‘rt a’zosi sel qurboni bo‘ldi

Foto: «Bursadabugun.com»

Turkiya shimoli-g‘arbida joylashgan Bursa viloyatida kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «Bursada bugun».

Ta’kidlanishicha, Bursa viloyatining Kestel hududida sel oqibatida nogiron ayol va bir oilaning to‘rt nafar a’zosi, jumladan, bir go‘dak halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar bedarak ketgan yana bir kishini qidirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Suv toshqini tuman infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazdi, avtomobil yo‘llari zararlandi, ularni tiklash ishlari olib borilmoqda. Turkiya ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu tabiiy ofatlar yuz bergan hududga yetib kelib, uning asoratlarini bartaraf etish ishlariga boshchilik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring