Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyadagi saylovlarga 415 nafar xalqaro kuzatuvchi keldi

Turkiyadagi saylovlarga 415 nafar xalqaro kuzatuvchi keldi

Foto: «Trend.Az»

Ertaga, 24-iyun kuni Turkiyada prezidentlik hamda parlament saylovlarini 8 ta xalqaro tashkilotdan 415 kishi kuzatib boradi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Oliy saylov komissiyasi 415 kishini akkreditatsiyadan o‘tkazgan.

Saylovlar shaffof, adolatli va qonuniy o‘tishini kuzatish uchun Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidan 234 nafar, YeXHTning parlamentlar assambleyasidan 72, Yevropa kengashi parlamentlar majlisidan 35, O‘rta Yer dengizi parlamentlar assambleyasidan 10, Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik parlamentlari assambleyasidan 5, Turkiy tilli xalqlar parlamentlari assambleyasidan 15 va Shanxay hamkorlik tashkilotidan 23 nafar — jami 415 kishi Turkiyaga kelgan.

Kuzatuvchilar ertangi saylovlarda ovoz berish, ovozlarni sanab chiqish jarayonini nazorat qilishadi.

Kuzatuvchilar saylovlarni xalqaro mezonlarga mos tarzda o‘tkazilgan-o‘tkazilmagani, targ‘ibot jarayonlari, saylovchilarning ishtiroki haqida hisobot tayyorlashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring