Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turklar Suriyaning yana bir samolyotini urib tushirdi

Turklar Suriyaning yana bir samolyotini urib tushirdi

Turkiya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti Suriyaning Idlib viloyatida Suriyaga tegishli samolyotni urib tushirdi. Bu haqda 3 mart, seshanba kuni «Oriyent» telekanali o‘zining Twitter sahifasida xabar bergan.

Hodisa haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Turkiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni allaqachon tasdiqladi. Bo‘limning rasmiy sahifasida qayd etilganidek, Turkiya havo kuchlari Suriya armiyasining L-39 samolyotini yo‘q qilgan.

1 mart kuni turk harbiylari Bashar al-Assad kuchlariga tegishli ikkita «Su-24» bombardimonchilarini yo‘q qilgan edi. Uchuvchilar katapult qilishga muvaffaq bo‘lgan va jabrlanmagan. O‘sha kuni, Suriya armiyasi bo‘linmalari Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan jangarilar tomonidan ishlatilgan uchuvchisiz samolyotni urib tushirgan.

Idlibdagi vaziyat yanvar oyida Suriya hukumati armiyasi hujum boshlagach keskinlashdi. 28 fevralga o‘tar kechasi Turkiya armiyasi Suriya harbiy pozitsiyalariga zarbalar bera boshladi.

Manba: lenta.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring