«Turon24» axborot agentligini moliyalash to‘xtatildi

«Turon24» axborot agentligi o‘z faoliyat yo‘nalishi, axborot uzatish formatlarini qayta ko‘rib chiqayotgani sabab, uning faoliyati moliyalanishi to‘xtatiladi. Bu haqda agentlikning telegram kanalida ma’lum qilindi.
«Turon24» Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bo‘yicha axborot uzatishga ixtisoslashgan axborot agentligi sifatida tashkil etilgan. Agentlik o‘z faoliyati samaradorligini oshirish, rivojlantirish maqsadida o‘z faoliyat yo‘nalishi, axborot uzatish formatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Shu bois, ijodiy jamoa va rahbariyat tarkibini qayta tashkillash ishlari boshlandi.
Ushbu jarayon yakunlangunga qadar «Turon24»faoliyati moliyalanishi to‘xtatiladi.
Turon24 yangilanadi, o‘zgaradi. Yangilangan «Turon24» jurnalistikaning oliy mezonlariga amal qilgan holda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning istalgan qismidan ishonchli, tekshirilgan, xolis va tezkor axborot uzatishda davom etadi.
Biz bilan bo‘lgan, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, deyiladi axborot agentligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter