Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell: Sifat va tezlik ustida ish olib borilmoqda

Ucell: Sifat va tezlik ustida ish olib borilmoqda

Foto: «Ucell»

Ucell kompaniyasi doimiy ravishda aloqa sifatini yaxshilash va Internet tezligini oshirish ustida ish olib boradi. Yangi yil oldi kunlarida Ucell 200ga yaqin tayanch stansiyasi qurilgani va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatdagi 12ta viloyat hamda Toshkentda mavjud 500dan oshiq tayanch stansiya modernizatsiyalashtirilgani haqida hisobot berdi. Ayniqsa, o‘tgan yilning IV choragi Ucell texnik departamenti xodimlari uchun unumli bo‘ldi.



Asosiy shartlardan biri

Uyali aloqa va tezkor Internetni to‘siqlarsiz qabul qilish uchun yaxshi telefon va sifatli signal kerak. Agar birinchisi abonentga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi mobil operatorlar tomonidan ta’minlanadi. Asosiy shartlardan biri shuki, abonentlar eng yaqin tayanch stansiyasi (keyingi o‘rinlarda TS) signal qamrovi masofasida bo‘lishlari kerak.

Shuning uchun yangi maydonchalarni qurish joylari ob’yektlar qamrovi, daromadgirligi, trafik va sifat ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlandi.

Alohida e’tibor trafik nuqtayi nazaridan yuklamasi ortib ketgan maydonchalarga qaratildi. Shuningdek, yoppasiga amalga oshirilayotgan faol qurilish ishlari natijasida TS demontaji yuzaga kelgan mamlakatimiz shaharlarida signal bilan qoplanganlikni ta’minlashga katta kuch berildi.

Natijada Ucell Buxoro, Samarqand va Toshkentda kerakli miqdorda yangi maydonchalar qurib, yetakchi tayanch stansiyalarni tiklashga erishdi. Ta’kidlash o‘rinliki, masalan, Samarqandda tayanch stansiyalarning 26 foizi modernizatsiyalashtirilgan bo‘lsa, Andijon viloyatida 99,6 foiz stansiya modernizatsiyalashtirildi.

O‘tgan yili O‘zbekiston bo‘ylab jami 500dan oshiq stansiya modernizatsiya qilindi.

Nafaqat biznes, balki ijtimoiy masalalar ham

Ikkita raqam. Birinchisi – standart tayanch stansiyasining narxi (uchta sektor: atrofdagi hududni qoplovchi antennalar va uchta qatlam: 2G, 3G hamda 4G) o‘rtacha 70-80 ming dollarni tashkil etadi. O‘rtacha deb aytayotganimizning sababi, 70 metrlik antenna-machtali inshoot yoki tom ustidagi qabul-uzatish apparaturasi kompleksining narxi sezilarli darajada farq qiladi.

Ikkinchi raqam. O‘zbekistonda abonentning o‘rtacha oylik hisobi (ARPU) 24 ming so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, biz mobil aloqa va internetga oyiga o‘rtacha 2,22 dollar sarflaymiz.

Ushbu ikki raqamni bilganingizdan so‘ng tayanch stansiyasi xarajatlari o‘zini oqlashi uchun qancha abonent va vaqt kerakligini oson tasavvur qilasiz. Bunda yuqorida aytib o‘tilgan narxga ijara, elektr ta’minoti, ta’mirlash va mutaxassislar ish haqi kiritilmagan.

Faoliyatini boshlagan kundan to hozirga qadar Ucell ijtimoiy funksiyalarni bajaruvchi tayanch stansiyalarni qurib kelmoqda. Ha, Ucell biznes-kompaniya va tijoriy manfaatga erishishni ko‘zda tutadi. Biz aholisi kam hududlardagi TS umuman yoki yaqin orada daromad keltirmasligi mumkinligini bilamiz, lekin ular insonlarning qulayligi uchun qurilmoqda.

«Obod qishloq» dasturi doirasida mamlakatning chekka va aholisi kam hududlarida Ucell 19ta stansiyani qurib, foydalanishga topshirdi: bu, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari.

Yangi tayanch stansiyalari o‘rnatilgan aholi punktlari orasida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani «Qoniratko‘l» qishloq fuqarolar yig‘ini;
  • Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Baxmal QFY «Boyqo‘ng‘ir» qishlog‘i;
  • Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Loyqasoy» mahalliy fuqarolar yig‘ini;
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani «Shahriobod» mahallasi «Hurvatan», qishlog‘i bor.

2021 yilda uyali aloqa va internet bilan ta’minlangan bunday chekka va aholisi kam punktlar soni 19ta.

Qayerda qurish qiyinroq?

Uskuna va jihozlarni faqat vertolyot yoki eshakda yetkazish mumkin bo‘lgan joylarda emas. TSni yoppasiga qurilish ishlari ketayotgan yirik shaharlarda o‘rnatish hammasidan qiyin.

Shahar muhitida maydoncha barpo etish bilan bog‘liq ma’lum muammolar bor: chunki yer ostidagi mavjud kommunikatsiyalarni aniqlash oson emas. Maxsus texnikaning ob’yektlarga yetib borishida ham qiyinchiliklar uchrab turadi.

Qishloq joylarida TS qurishning ham o‘ziga yarasha murakkabliklari bor. U yerda elektr ta’minoti liniyalarini o‘rnatish muammo. Ko‘p saytlar katta shaharlar tashqarisida joylashgani hisobiga havo elektr tarmog‘i liniyalarini mahalliy fuqarolar uchastkalari bo‘ylab tortishga to‘g‘ri kelar edi. Dastlab ushbu qurilish, ayniqsa, maydonchani u yoki bu transformator podstansiyasiga ulash masalalari ayrimlarda norozilik uyg‘otdi. Biroq tushuntirish ishlarini olib borish yo‘li bilan muammolar muvaffaqiyatli tarzda bartaraf etildi va ob’yektlar ishga tushirildi.

Qurilish qancha vaqt talab etadi?

Yangi ob’yektni yaratish jarayoni yetarlicha ko‘p vaqt talab qiladi. Amaliyotda qurilish haqida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab tarmoqqa ulashgacha 130dan 310 kungacha o‘tadi. O‘rtacha loyiha 6 oy davom etadi.

Ish bosqichlari:

  • U yoki bu tumanda vishka o‘rnatish ehtiyojini aniqlash.
  • Radio-qoplamasi, transport va elektr ta’minoti imkoniyatlari talablariga javob beradigan nomzod-yer uchastkasini qidirish.
  • Ijara shartnomasini imzolash yoki ajratilgan yer uchastkasini olish, tashqi elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik sharoitlarga ega bo‘lish.
  • Ishlab chiqilgan loyiha asosida qurilish ishlarini o‘tkazishga buyurtma e’lon qilinadi.
  • Uskuna va jihozlar buyurtma qilinadi.
  • Zarur ruxsatnomalarga ega bo‘lish uchun kompetent idoralarga murojaatlar yo‘llanadi.
  • Qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng uskunalar montaji, integratsiyasi amalga oshiriladi; radio parametrlari optimizatsiyasi, shuningdek statistika tahlili o‘tkaziladi.
  • Zarur ruxsatnomalar (legallashtirish) olingach, TS efirda paydo bo‘ladi va odamlar Ucell sifatli xizmatidan foydalana oladi.

Mikroto‘lqinli pechdan ham xavfsiz

Darhol javob beramiz: xavfsiz. Turar joylar, maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalar yaqinida TS qurish xavfsiz. Davlat mamlakatda qabul qilingan sanitar normalariga rioya qilish ustidan juda qat’iy nazorat o‘rnatgan. Har bir ob’yekt uchun sanitar pasport ishlab chiqiladi va unda nurlanish hududlari ko‘rsatilgan tegishli zichligi bilan aks ettiriladi.

O‘zbekistonda ruxsat berilgan aloqa oqimining zichlik darajasi - 10 mk V/sm2.

Har bir yutuqning o‘z nomi bor

Texnik blok xodimlarining yuqori darajadagi professionalligi va intiluvchanligi tufayli 2021 yil texnik rivojlanish rejasi bajarildi.

Ushbu yuksak muvaffaqiyatga Dmitriy Abduraxmanov rahbarligi ostidagi jamoa o‘zining katta hissasini qo‘shdi: O‘tkir Ne’matov, Anvar Suleymanov, Timur Aminov, Alisher Ibadullayev, Orzubek Qodirov, Murat Kurbanov, Emil Kurtnazarov va Sardorbek Xolmuhammedov.

Hududiy mutaxassislarni ham ta’kidlab o‘tamiz: Azamat Aniyazov, Andrey Dmitriyev, Ahmadjon G‘ulomov, Bahodir Umarov, Igor Vanishev, Mansur Eshmuratov, Marat Djumayev, Muratbay Seyidov, Firdavs Imomov va Elmurod Raximov.

Harakatchan va faol jamoa qisqa fursatlarda ob’yektlarning qurilish tayyorgarligini ta’minlash va ularni hatto murakkab iqlim sharoitlariga ega chekka hududlarga ham integratsiya qilishga erishdi.

2022 yilga qurilish rejalari

Ucell aloqa sifatini yaxshilash ustida tinimsiz ishlamoqda.

Bu maqsadda 2022 yilda bir necha yuzlab yangi maydonchalar quriladi. Bundan tashqari, butun O‘zbekiston bo‘ylab 800dan oshiq tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinadi.

Asosiy e’tibor TSni optik tolali aloqa liniyalari (OTAL) bo‘ylab ulashga qaratiladi. Chunki releli aloqa emas, aynan OTAL axborot uzatishning yuqori tezligi, ishonchlilik, tizimning to‘siqlarga bardoshliligi va tejamkorlikni ta’minlay oladi.

Yaqin to‘rt yil uchun tasdiqlangan rejada transport infrastrukturasini va, avvalo, butun respublika hududida optik tolali aloqa liniyalari to‘liq rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring