Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchqo‘rg‘onda tirkamaga osilgan 9 yoshli bola halok bo‘ldi

Uchqo‘rg‘onda tirkamaga osilgan 9 yoshli bola halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

13-oktyabr kuni soat 22:30 larda «Farg‘ona» MFY Parvoz ko‘chasida fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan «MTZ-80» traktori tirkama ulagan holda «Yangiyer-Uchqo‘rg‘on» yo‘lining 3-km.da harakatlanib borar edi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, tumandagi maktabning 3-sinfida o‘qigan, 9 yoshli bola traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilib tushgan. Natijada, u bosh va jag‘ qismidan tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring