Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchqo‘rg‘onda elektr nazoratchisi soxta dalolatnoma rasmiylashtirdi

Uchqo‘rg‘onda elektr nazoratchisi soxta dalolatnoma rasmiylashtirdi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Dehqonobod mahallasida yashovchi fuqaro A.Begmatov elektr tarmoqlari korxonasi unga nisbatan asossiz ravishda jarima qo‘llagani yuzasidan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Ushbu murojaat bo‘yicha tuman jamiyat mutaxassislari o‘rganish ishlari olib borganida qiziq holatga duch keldilar. Ma’lum bo‘lishicha, biroz muddat oldin hududni elektr ta’minoti bo‘yicha xatlovdan o‘tkazgan nazoratchilar guruhi mazkur xonadonda foydalanishda bo‘lgan elektr hisoblagich uskunasi eski, yangi rusumdagi elektron elektr hisoblagich o‘rnatilmagani haqida dalolatnoma yozib, 1,2 milliondan ziyod jarima belgilab ketgan.

Vaholanki, o‘sha paytda A.Begmatov ishda. turmush o‘rtog‘i shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan. Ishchi guruhi esa xonadon egalari ishtirokisiz, xonadonga kirmasdan, hisoblagichni ko‘rmasdandalolatnoma tuzgan. Xonadonga esa allaqachon yangi rusumdagi elektron elektr hisoblash uskunasi o‘rnatilgan edi.

Arizani o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lgan holat yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga bildirilgan e’tirozlardan so‘ng, iste’molchining huquqi tiklanishiga erishildi. Unga nisbatan hisoblangan 1 284 200 so‘m jarima asossiz deb topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring