Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining rasmiy to‘pini taqdim etdi

UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining rasmiy to‘pini taqdim etdi

Foto: «Twitter.com»

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi — UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ushbu mavsum uchun rasmiy to‘pini taqdim etdi.  

Bu yilgi pley-off qatnashchilari oq-to‘q sariq to‘pda o‘ynaydi. Futbol to‘pi «Adidas» tomonidan ishlab chiqarildi. To‘pga «Ko‘hna qit’a»ning bosh klub sovrini tasviri va «Madrid 19» yozuvi tushirilgan — final o‘yini Madriddagi «Atletiko»ning 60 ming kishilik «Wanda Metropolitano» stadionida 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

ChL 1/8 finalining ilk o‘yinlari esa 12 va 20-fevral kunlari, javob o‘yinlari 5 va 13-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Pley-off quyidagi juftliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi:

  • «Shalke» (Germaniya) — «Manchester Siti» (Angliya);
  • «Atletiko» (Ispaniya) — «Yuventus» (Italiya);
  • «Manchester Yunayted» (Angliya) — «PSJ» (Fransiya);
  • «Tottenxem» (Angliya) — «Borussiya Dortmund» (Germaniya);
  • «Lion» (Fransiya) — «Barselona» (Ispaniya);
  • «Roma» (Italiya) — «Portu» (Portugaliya);
  • «Ayaks» (Gollandiya) — «Real» (Ispaniya);
  • «Liverpul» (Angliya) — «Bavariya» (Germaniya).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring