Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UЕFA yig‘ilish chaqirdi: Barcha futbol musobaqalari taqdiri hal etiladi

UЕFA yig‘ilish chaqirdi: Barcha futbol musobaqalari taqdiri hal etiladi

Foto: UЕFA

UЕFA futbol uyushmasi a’zolarini COVID-19 munosabati bilan ayni damdagi vaziyatni muhokama qilish uchun yig‘ilishga chaqirdi.

Yevropada koronavirusning shiddat bilan tarqalishi sababli UЕFA o‘zining 55 assotsiatsiyasi, Yevropa klublari assotsiatsiyasining boshqaruv a’zolarini, Yevropa ligalari va FIFPro  kasaba uyushmasi vakillarini ayni vaziyatni muhokama qilish uchun videokonferensiyada ishtirok etishga taklif qildi. Uchrashuv 17 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Videokonferensiya mavzulari orasida barcha ichki va xalqaro musobaqalar, shu jumladan YЕVRO-2020 masalasi ham bor.

Ushbu yig‘ilishdan so‘ng bayonotlar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya va Ispaniya futbol chempionatlari to‘xtatilgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, UЕFA musobaqalaridagi bir qator uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring