Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonov klub direktorlari Angliyada malaka oshirishini tasdiqladi

Umid Ahmadjonov klub direktorlari Angliyada malaka oshirishini tasdiqladi

Foto: O‘FA rasmiy sayti

Avvalroq saytimizda o‘zbek klublarining murabbiy va mutaxassislari Yevropa mamlakatlarida malaka oshirish borasida muzokaralar o‘tayotganini xabar qilgan edik. O‘FA rasmiy sayti ushbu xabarni tasdiqladi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Angliyaga tashrifi chog‘ida Angliya Futbol Assotsiyasiyasi rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ikki Assotsiyasiya o‘rtasida hamkorlik qilishga va o‘zaro tajriba almashish borasida suhbatlashgan va bu borada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuv asosida, O‘zbekiston Futbol Assotsiyasiyasi Superligada ishtirok etuvchi klublar direktorlari, shuningdek, Angliyaning «Everton» va «Arsenal» kabi grand klublariga borib, u yerda tajriba va malaka oshirishlari lozim edi.

Ta’kidlash lozim, bugun ushbu hamkorlik doirasida ilk kelishuv amalga oshirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi klublari, jumladan, «Lokomotiv», «Nasaf», «Paxtakor» «Buxoro» hamda «Bunyodkor» klublari direktorlari mart oyida Angliyaning «Everton» klubida malaka oshirishadi. Klublar rahbarlari «Everton»ga tashrifi davomida u yerdagi infratuzilma va sharoitlar, futbol sohasida Angliyada qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar borasida tajriba to‘playdilar.

Ta’kidlash lozim, O‘zbekistondagi boshqa klublar vakillarini ham Angliyaning «Arsenal» klubiga malaka oshirishga jo‘natish uchun kelishuv amalga oshirilmoqda. Shuningdek, klublar direktorlarini Gollandiyaning «Ayaks» klubiga ham yuborish borasida ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada, har ikkala mamlakat futbol assotsiyasiyalari bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Ma’lumki, Angliya futbol infratuzilmasi, akademiyalar nufuzi va boshqa bir nechta jihatlar borasida dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. Shu bois, Londonga qilgan tashrif chog‘ida kelgusida O‘zbekistondagi klublar direktorlarini aynan Angliyaga malaka va tajriba oshirish uchun jo‘natish borasida Angliya Futbol Assotsiyasiyasi bilan hamkorlik kelishuviga erishdik. Bu, hamkorlik asosida O‘zbekistondagi klublar direktorlari dunyoning yetakchi futbol davlatlaridan birida to‘plagan tajribasini mamlakatimizda qo‘llashi va bu bilan O‘zbekistonda futbol infratuzilmasi rivojiga hissa qo‘shadilar deb, bemalol ayta olaman.

Umid Ahmadjonov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring