Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umidbaxsh raqamlar. Koronavirusga chalingan eronliklarning yarmi tuzaldi

Umidbaxsh raqamlar. Koronavirusga chalingan eronliklarning yarmi tuzaldi

Foto: «AP Photo»

Eronda COVID-19 ni yuqtirgan bemorlarning yarmidan ko‘pi tuzaldi, deya xabar berdi Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Kianush Jaxanpur «IRINN» telekanali efirida.

«O‘tgan bir kecha-kunduzda 1 972 kishi koronavirusga chalinib, jami 68 192 nafarga yetdi», – deya uning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».

Ulardan 35 465 nafari tuzaldi. Bu jami kasallikka chalinganlarning 50 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Koronavirusni yuqtirish natijasida mamlakatda 4 232 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring