Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umrining 39 yilini qamoqda o‘tkazgan «aybsiz aybdor»ga 21 million dollar beriladi

Umrining 39 yilini qamoqda o‘tkazgan «aybsiz aybdor»ga 21 million dollar beriladi

AQShning Simi-Velli (Kaliforniya shtati) shahri hokimiyati umrining 39 yilini nohaq turmada o‘tkazgan Kreyg Kouli bilan kelishib olganini bildirdi. Kouli 1978-yili qo‘shqotillikda ayblanib qamalgan va 2017-yilning noyabr oyida ozodlikka chiqarilgandi. U 39 yil qamoqda o‘tkazgan umrini 21 million dollarlik kompensatsiyaga almashtirishga rozilik berdi.

Koulini 1978-yili bir ayol va uning to‘rt yashar o‘g‘lining qotili deya qamashganida 31 yoshli yigit edi. Oradan 39 yil o‘tib, 2017 yili u qamoqxonani 70 yoshli mo‘ysafid sifatida tark etdi.

Ushbu qotillik ishi qayta qo‘zg‘alganida DNK namunalari Koulining aybsiz ekanini tasdiqladi. Keyinchalik u shtat gubernatori Jerri Braun tomonidan oqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring