Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UMS kompaniyasi abituriyentlarga megabaytlar berishni boshladi

UMS kompaniyasi abituriyentlarga megabaytlar berishni boshladi

Foto: «Ums.uz»

«Universal Mobile Systems» (UMS) kompaniyasi maxsus «Abituriyentlarga megabaytlar» aksiyasini e’lon qildi. Mazkur aksiya doirasida abituriyentlar ushbu kompaniyaning yangi raqamini ulatib, har oy bonusli megabaytlarga (1500 MBdan 3000 MBgacha) ega bo‘lishadi.

Kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilishicha, bu aksiya doirasida ulanganlarga yarim yil davomida har oy megabaytlardan iborat bonuslar taqdim etiladi.

«Abituriyentlarga megabaytlar» aksiyasi doirasida bonusli yangi raqam ulatish uchun UMS ofisiga borib, pasportning aslini va quyidagi hujjatlardan birini taqdim etish kerak:

  • oliygohga hujjat topshirilgandan keyin beriladigan ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi hujjat;
  • 2017 yoki 2018 yilda litsey yoki kollejni bitirganlik haqida diplom.

Ushbu aksiya bugun – 19-iyunda boshlangan bo‘lib, 31-iyulgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring