Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Unga ketgan po‘latlarga 60 ta Eyfel minorasini qursa bo‘lardi (foto)

Unga ketgan po‘latlarga 60 ta Eyfel minorasini qursa bo‘lardi (foto)

Foto: «BusinessInsider»

Xitoyda aprel oyida dunyodagi eng yirik ko‘prik foydalanishga topshiriladi. Mazkur ko‘prikning uzunligi 55 kilometrga teng.

Xitoy texnologiyalariga nisbatan ishlatiladigan hazillarga qaramay, aynan ushbu mamlakat infratuzilmalarga yangi texnologiyalarni qo‘llash borasida birinchi o‘rinda turadi. Ayni vaqtda xitoyliklar o‘z mamlakatining ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuboradigan bir nechta yirik loyihalar ustida ish olib bormoqda, deb xabar berdi «ITC.ua».

So‘nggi o‘n yil ichida 250 millionga yaqin odam mamlakatning kengayayotgan megapolislariga ko‘chib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu kabi keng ko‘lamli migratsiya jarayonlari boshqalarga muammo tug‘dirmasligi uchun hukumat o‘nlab milliard dollar mablag‘larni yirik infratuzilmaviy loyihalarga yo‘naltirmoqda.

Aprel oyida Xitoyda Gonkong, Chjuxay va Makaoni birlashtirib turuvchi ko‘prik foydalanishga topshiriladi. Mazkur ko‘prikning uzunligi 55 kilometrga teng. Bu dengiz ustidan o‘tgan dunyodagi eng yirik ko‘prik hisoblanadi. Ko‘prikda transport vositalarining harakatlanishi uchun 6 ta «polosa» va to‘rtta tunnel mavjud. Ushbu tuzilmani qo‘llab-quvvatlash uchun to‘rtta sun’iy orol ham bunyod etilgan.

Ko‘prikni qurish ishlari 8 yil davom etdi va unga 110 milliard yuan (salkam 16 milliard dollar) sarflandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring