Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inha universitetida masofadan turib ishlash va talabalarga onlayn ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi

Inha universitetida masofadan turib ishlash va talabalarga onlayn ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi

Foto: «UzNews.uz»

Toshkent shahridagi Inha Universiteti rahbari xodimlarning masofadan turib ishlashi haqidagi buyruqqa imzo chekdi. Shuningdek, muassasada onlayn ta’lim berish platformasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Universitet rektori Muzaffar Jalalovning fikriga ko‘ra, shu tarzda odamlar kamroq aloqada bo‘lishadi va, albatta, virusni yuqtirish ehtimoli kamroq bo‘ladi, deb xabar bermoqda universitet axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 16 martdan O‘zbekiston Respublikasi hukumati qaroriga asosan, barcha ta’lim muassasalarida karantin e’lon qilingan. Biroq ko‘plab ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va xodimlar masalasi ochiq qolgan. Kecha Toshkentdagi Inha universitetida bu masala hal qilindi. Universitet v.b.  rektorining buyrug‘i bilan universitet xodimlarining 70 foizi masofadan turib ishlash tizimiga o‘tkazildi, katta yoshdagi xodimlar esa pullik ta’tilga jo‘natildi.

«O‘zbekistonda yuzaga kelgan ushbu vaziyatda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalarga qat’iy rioya qilish shart. Qo‘llarni sovunlab yuvish va yuqumli kasalliklarning dastlabki belgilarida shifokor bilan maslahatlashish bilan bir qatorda, boshqa odamlar bilan kamroq aloqada bo‘lish, jamoat joylariga bormaslik, jamoat transportidan foydalanmaslik muhim masala bo‘lib qolmoqda. Shu sababli biz xodimlarning 80 foizini ish joyida jismoniy mavjudligidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Bugungi kunda hammada internet va gadjetlardan foydalanish imkoni borligini hisobga olgan holda universitetimiz xodimlarining masofadan turib ishlashlari barchamiz uchun qulay va xafsizdir», - deb ta’kidladi Muzaffar Jalalov.

Bundan tashqari, 12 aprelga mo‘ljallangan kirish imtihonlari 25 aprel («Kompyuter va dasturiy injiniring» fakulteti uchun) va 26 aprelga («Logistika» fakulteti uchun) ko‘chiriladi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati 10 aprelga qadar uzaytirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring