Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi Samarqandda o‘tkaziladi

UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi Samarqandda o‘tkaziladi

Joriy yilning 29 may kuni 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston tomonidan tashkiliy qo‘mita o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Madridga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Aziz Abduhakimov UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili va bo‘lajak Bosh Assambleyaning asosiy tadbirlari va yordamchi tadbirlarini o‘tkazish uchun mas’ul ishchi guruhlar a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tadbirlarning dastlabki dasturi, tashkiliy masalalar, yalpi va sessiya majlislari uchun taklif etilayotgan kun tartibi va reglamenti atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, tadbir doirasida Investitsiya forumi, Ta’lim bo‘yicha vazirlar paneli sessiyasi, «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» turizm forumi, ekoturizm festivali, eng yaxshi «sayyohlik qishloqlari»ni taqdirlash marosimi va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilganligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi, uni O‘zbekiston Respublikasi nomidan UNWTO Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili imzoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring