Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ustozlar va bitiruvchilar o‘rtasida ZOOM orqali onlayn-muloqot o‘tkazildi

Ustozlar va bitiruvchilar o‘rtasida ZOOM orqali onlayn-muloqot o‘tkazildi

Ustozlar va talabalar o‘rtasidagi eng sara va samarali muloqot bitiruv paytida bo‘ladi. Chunki bu hisobot, hosil qilingan ko‘nikma va o‘zlashtirilgan bilim, oshirilgan malakaning muhridir.

2020-yilning 6-iyun kuni soat 11.00 da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida «Institut rahbariyati va fakultet dekanlari bilan bitiruvchi talabalar o‘rtasida videomuloqot» nomi ostida ZOOM platformasi orqali onlayn-videomuloqot o‘tkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov xabar berdi.

Mazkur videomuloqotda 800 nafardan ortiq institut bitiruvchilari ishtirok etib, asosan magistrlik dissertatsiyasi himoyasi, ixtisoslik fanlari bo‘yicha davlat imtihonlari, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Videomuloqotda bitiruvchilar uchun turli tashkilot va kompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Bitiruvchilar bilan tashkil etilgan onlayn-videomuloqot 2 soatdan oshiq davom etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring