Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uxlashdan avval telefonda gaplashmagan ma’qul. Aks holda...

Uxlashdan avval telefonda gaplashmagan ma’qul. Aks holda...

Foto:«Shutterstock»

Angliyada olib borilgan bir tadqiqot natijalariga ko‘ra kechki payt uxlashdan 2-3 soat avval telefonda ko‘p gaplashish miyaga salbiy ta’sir qilishi, bu esa uyquda bosinqirash va depressiyaga sabab bo‘lishi ayonlashdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Glazgo universiteti olimlari uyqu bilan sog‘liq orasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilishdi. Birlashgan qirollik miqyosida 37-73 yoshlar orasidagi 91,5 ming kishi ustida olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 24 soatlik tartibga rioya qilmagan vujudda ruhiy va jismoniy zo‘riqishlar kuzatilar ekan.

Professor Daniel Smisning aytishicha, tana ritmiga rioya qilmagan kishilarda kuchli depressiya paydo bo‘ladi.

«Kechki payt uyqudan ikki soat avval qo‘l telefonida kamroq gaplashish, iloji boricha uni o‘chirib qo‘yish kerak. Bordi-yu, telefonda ko‘p gaplashilsa, qurilma miyaga «haliyam kunduz» degan signal yuboradi. Shu bois tana uxlasa ham miya dam olmaydi», – dedi Daniel Smis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring