Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbek Tigers» endi musobaqalarda ishtirok etmaydi

«Uzbek Tigers» endi musobaqalarda ishtirok etmaydi

Foto: «Publika»

Boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyasida O‘zbekiston sharafini «Uzbek Tigers» jamoasi himoya qilayotganidan xabaringiz bor. Ammo jamoa ushbu mavsumda boshqa janglar o‘tkazmaydi. Bu haqda bugun O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilganiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Uzbek Tigers» bu mavsumda «Amerika» guruhida Kuba, Kolumbiya va Venesuela jamoalari bokschilariga qarshi jang o‘tkazishlari lozim edi. 9-fevral kuni «Cuba Domadores»ga qarshi o‘tgan jangda vakillarimiz 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragandilar.

«Uzbek Tigers» musobaqalarni nima uchun tark etgani hozircha ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring