Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbekistan GTL» qurilishida karantin qoidalariga amal qilinmayaptimi? Rasmiy javob berildi

«Uzbekistan GTL» qurilishida karantin qoidalariga amal qilinmayaptimi? Rasmiy javob berildi

Oxirgi vaqtda internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan karantinga qaramay, 10 mingdan ortiq kishi Qashqadaryo viloyatidagi sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarish zavodi qurilish maydonida ishlashga majbur bo‘lgani haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Shu munosabat bilan loyiha operatori «Uzbekistan GTL» MChJ («O‘zbekneftgaz» AKning tarkibiy korxonasi) quyidagilarni rasman ma’lum qiladi.

Hozirgi kunda respublika iqtisodiyoti uchun o‘zining strategik ahamiyati va muhimligini hisobga olgan holda mintaqadagi eng yirik investitsion loyiha — Uzbekistan GTL va Oltin Yo‘l GTL (savdo belgisi) nomlari bilan mashhur bo‘lgan «Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish» investitsiya loyihasini amalga oshirish jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

Zavodning ishga tushirilishi bilan har yili respublika ichki bozoriga 1,5 million tonnagacha bo‘lgan hajmdagi yuqori sifatli va ekologik toza neft mahsulotlari yetkazib beriladi.

Bugungi kunda zavodning qurilish maydoniga haqiqatdan ham 9 804 kishi jalb etilgan bo‘lib, ulardan 940 nafar mutaxassis xorijiy mamlakatlar fuqarolaridir, hamda mingga yaqin qurilish va maxsus texnika safarbar etilgan.

Qurilish maydoniga jami 95% dan ortiq asosiy texnologik uskunalar va butlovchi qismlar yetkazib berildi va ularni zavodning texnologik hududlariga o‘rnatish va montaj ishlari davom etmoqda. Loyihani «tayyor holda topshirish» sharti asosida (YeRS shartnomasi) amalga oshirilganlik darajasi 86 foizni tashkil etadi.

Qurilish – montaj ishlari «tayyor holda topshirish» sharti asosidida (YeRS shartnomasi) bosh pudratchi tashkilot — «Hyundai Engineering Co. Ltd.», «Hyundai Engineering and Construction Co. Ltd.» (Koreya Respublikasi) va «Enter Engineering Pte. Ltd.» (Singapur) kompaniyalarning konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi asosiy ishchi xodimlar bosh pudratchining xodimlaridir.

Dunyoda va mamlakatimizda yangi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan noxush vaziyat munosabati bilan loyiha operatori «Uzbekistan GTL» MChJ loyihaning bosh pudratchisi bilan birgalikda joriy yilning mart oyi boshida boshlangan epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar majmuini amalga oshirmoqda.

Loyihaga jalb etilgan har bir xodimning hayoti va salomatligini, shuningdek, oila vakillari va yaqinlarining salomatligini asrash maqsadida quyidagi profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi:

— Xorijlik mutaxassislarning qurilish maydoniga safarbar qilish ishlari to‘xtatildi;
— Har bir xodimga tibbiy niqoblar, antiseptiklar va dezinfeksiya vositalari berildi va doimiy ravishda berilib bormoqda;
— Loyiha hududiga kirishda, shuningdek xodimlarning turar-joy hududiga kirishda, xodimlarning tana harorati kunlik monitoringini amalga oshirish maqsadida teplovizorlar o‘rnatildi;


— Ish joylari, ofis binolari, yashash joylari, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va tayyorlash joylari, shuningdek istisnosiz ravishda barcha transport vositalari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinmoqda;
— Qashqadaryo viloyati SES va sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul mutaxassislari ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilmoqda;
— Loyihaning 24 soat ish faoliyatini olib boraydigan tezkor shtabi tashkil etilib, uning tarkibiga SES ning viloyat va tuman bo‘linmalarining malakali mutaxassislari va loyihada ishtirok etuvchi kompaniyalarning mas’ul xodimlari kiritildi;
— Loyiha tibbiyot markazi qo‘shimcha ravishda tez yordam, dori-darmon va shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlandi, qo‘shimcha tibbiy xodimlar safarbar etilib 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi;
— Xavfsizlik va ehtiyot choralari haqidagi axborot materiallari joylashtirildi va o‘rnatildi.

Loyiha ishchilari orasida koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida ishchilar shaharchasi va qurilish maydonida Qarshi shaxri, yaqin atrofdagi qishloq va boshqa tuman markazlaridan loyiha xududiga kirish imkoniyati cheklangan xolda to‘liq karantin o‘rnatilgan.

Shu bilan birgalikda, karantin e’lon qilinishidan avval, loyihada ishtirok etuvchi Hyundai Engineering Co. Ltd, Enter Engineering Pte. Ltd. va boshqa subpudartchi korxonalar tomonidan, hamda «Uzbekistan GTL» MChJ qurilish maydonida ishlovchi xodimlariga xech qanday shart va istisnosiz ularning o‘z xohishiga ko‘ra mehnat ta’tili, shuningdek ofisda ishlovchi qurilish ishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashmaydigan xodimlarning asosiy qismiga ularning xohishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi mexnat qonunchiligiga qat’iy muvofiq tarzda ishni masofadan yuritish rejimiga o‘tkazildi.

Yuqorilardan kelib chiqqan xolda, «Uzbekistan GTL» MChJ hamda Hyundai Engineering Co. Ltd va Enter Engineering Pte. Ltd rasmiy ravishda loyiha hududining epidemik holatini yaxshilash maqsadida bir qator qo‘shimcha choralar ko‘rinishi va shuningdek, ijtimoiy masofa prinsipi qat’iy ravishda bajarilishini ta’kidlaydi.

Loyiha operatori — «Uzbekistan GTL» MChJ — loyihaning amalga oshirilishida qatnashuvchi pudratchi va subpudratchi korxonalarning barcha xodimlaridan har qanday savol, shikoyat va taklif bilan murojaat qilmoqchi bo‘lsa, o‘zini yomon his qilsa, shuningdek ish beruvchi tomonidan noqonuniy hatti-xarakatlar sodir bo‘lganda, «Uzbekistan GTL» MChJ (Oltin Yo‘l GTL) mas’ul xodimlariga yoki loyiha kunu-tun ishlovchi Operativ shtabiga +998 90 969 69 49 va +998 90 932 93 00 telefon raqamlari orqali murojaat etishni so‘raydi.

«Uzbekistan GTL» MChJ, Hyundai Engineering Co. Ltd va Enter Engineering Pte. Ltd va barcha subpudratchi korxonalar xar bir xodimining sog‘lig‘i va farovonligi haqida qayg‘uradi, barchamiz uchun qiyin bo‘lgan davrda koronavirus tarqalishining oldini olish va xodimlar sog‘lig‘ini saqlash uchun maksimal darajada sharoitlar yaratilib kelinmoqda, shuningdek, korxonalar xar bir xodimga ish haqi saqlanishi va o‘z vaqtida to‘lanishini kafolatlaydi va o‘z navbatida xodimlardan o‘zi va yaqinlari hamda hamkasblarining sog‘lig‘ini saqlash uchun extiyot choralariga, birlamchi himoya vositalari qoidalariga rioya qilib, ijtimoiy masofani saqlashini so‘raydi.

Uzbekistan GTL kompaniyasi matbuot markazi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring