Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzHD telekanali faoliyati tiklandi

UzHD telekanali faoliyati tiklandi

Foto: «UzHD»

2017-yilda faoliyati ma’lum muddat to‘xtatilib, o‘rnidagi chastotada «O‘zbekiston 24» axborot kanali namoyish etilgan UzHD telekanali yana ishga tushdi. Bu haqda «Daryo»ga xabar bermoqda.

Loyiha O‘zbekistonda raqamli televideniyeni keng rivojlantirish dasturi doirasida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshirilyapti.

Ayni damda telekanalda «Yaxshi kayfiyat», «Olamga sayohat», «Diyorim», «Anonslar», Music TV, «Olam» singari loyihalar olib borilmoqda. Shuningdek, telekanal efir setkasidan o‘zbek tiliga o‘girilgan badiiy filmlar, hujjatli filmlar, dunyo musiqasi durdonalari o‘rin olgan. Dasturlar orasidagi to‘g‘ri joylashuvni ta’minlash maqsadida Lux, Style, «Musiqa» (jahon yuluzlari kliplari), Bollywood Music, «Lazzat», «Burjlar», Beauty, «Ob-havo», «Tanga quvvat» singari ruknlar ham kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring