Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oqto‘bada yongan o‘zbeklar xotirasi uchun 52 daraxt ekildi

Oqto‘bada yongan o‘zbeklar xotirasi uchun 52 daraxt ekildi

Foto: «Kazinform»

Ostona shahridagi O‘zbekiston elchixonasi va «Oltin o‘rda» biznes-klubi vakillari Oqto‘bada avtobusda yonib ketgan O‘zbekiston fuqarolari xotirasi uchun 52 tup daraxt ekishdi. Bu haqda «Kazinform» agentligi xabar berdi.

Foto: «Kazinform»

— Fojiali voqeada Qozog‘iston hukumati va xalqi katta yordam ko‘rsatdi, — dedi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev. — Bugungi mazkur xayrli ish ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona muhitdan darak beradi. Bu haqda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga yetkazishimiz kerak.

Foto: «Kazinform»

Eslatib o‘tish kerak, 2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanida avtobusda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgani va 5 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edik. Halok bo‘lganlarning asosiy qismi Namangan viloyatidan ekani, shuningdek, marhumlar orasida Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yashaganlar ham bor edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring