Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Vaqf» fondi orqali 145 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari to‘landi

«Vaqf» fondi orqali 145 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari to‘landi

Foto:«Gazeta.uz»

O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan «Ilmga e’tibor — kelajakka e’tibor» nomli oliy ta’lim muassasalari talabalarining to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berish bo‘yicha xayriya aksiyasining taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. 

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar qatnashdi.

Respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba yoshlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 145 nafar talabaga 1 milliard 244 million so‘m miqdorida to‘lov-shartnoma pullari to‘lab berilgan ma’lum qilingan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring