Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir «Global Optical Communication Uzbekistan» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Vazir «Global Optical Communication Uzbekistan» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Jizzax viloyatiga xizmat safari doirasida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Global Optical Communication Uzbekistan» MChJ Qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Global Optical Communication Uzbekistan» MChJ Qo‘shma korxonasiga 2019-yil oktyabr oyida «O‘zbektelekom» AK va Janubiy Koreyaning «Global Optical Communication Co. Ltd» va Uni Asset Global Co. Ltd.» kompaniyalari bilan birgalikda asos solingan.

2020-yilda birinchi bosqichda «Global Optical Communication Uzbekistan» QKning «Jizzax» EIZdagi mavjud binosida Koreya, Yaponiya va Xitoy kompaniyalarining zamonaviy uskunalari o‘rnatilib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda «Optik-tolali aloqa kabellari ishlab chiqarishni tashkil qilish» loyihasi MChJ tomonidan 2 ta bosqichda amalga oshirilmoqda:

«Global Optical Communication Uzbekistan» MChJ QKga «O‘zbektelekom» AKning ulushi sifatida kiritilgan «Jizzax» EIZ hududidagi 1,6 gektar maydon va undagi ishlab chiqarish bino-inshootlarida uskunalar keltirildi va o‘rnatildi.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashining 2020-yil 25-yanvardagi Qaroriga ko‘ra, «Jizzax» EIZ hududidan belgilangan tartibda qo‘shimcha 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Ushbu maydonda import o‘rnini bosuvchi 30 ming kilometr optik tolali aloqa kabeli chiqarish quvvatiga ega kompleks qurilib ishga tushirildi.

Bugunga kelib «Global Optical Communication Uzbekistan» MChJ QK tomonidan 50 ming kilometr optik-tolali aloqa kabeli ishlab chiqarilmoqda.

«GOC-UZ» yangi ishlab chiqarish korxonasi nafaqat O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini avvallari xorijiy valyutaga sotib olingan mahsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal etibgina qolmay, balki yuzdan ortiq kishilarni, shu jumladan, Jizzax shahridagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ham ish bilan ta’minlaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring