Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimi «Xabar.uz»da yoritilgan muammoni ijobiy tomonga hal qilishga va’da berdi

Namangan viloyati hokimi «Xabar.uz»da yoritilgan muammoni ijobiy tomonga hal qilishga va’da berdi

Foto: «Namnews»

Namangan shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki tarafi buzilib, ko‘p qavatli turar-joy bunyod etilgani va ular bitmasidan sotib olinib, ko‘plab savdo maishiy xizmat shoxobchalarining daromad manbaiga aylantirilgani haqida xabar bergan edik.

Ana shu joylarda tug‘ilgan tub aholi esa shaharning bir chekkasiga ko‘chirilib, juda qiyin sharoitda yashab kelayotganini, hududda istiqomat qilayotgan aholi o‘tgan davr mobaynida mavjud muammolar yuzasidan juda ko‘plab mutasaddilarga va turli tashkilot, idoralarga murojaat qilishgani, lekin ayni paytgacha rahbarlar bu masalalarga panja ortida qarab kelishayotganiga jamoatchilik e’tiborini qaratgan edik.

Tahririyatimizga xabar berishlaricha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mazkur muammo bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga va uni ijobiy tomonga hal etishga va’da bergan.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring