Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Zelenskiy musulmonlardan uzr so‘radi

Vladimir Zelenskiy musulmonlardan uzr so‘radi

Foto: TASS

Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy «1+1» telekanalida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan bog‘liq lavha uchun butun musulmon ahlidan uzr so‘radi.

Ushbu telekanaldagi «ChistoNews» ko‘rsatuvida Ramzan Qodirov ibodatdan so‘ng yig‘layotgan holatda tasvirlangan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra musulmonlarning e’tiqodini behurmat qilishi mumkin bo‘lgan ushbu lavha tasodifan efirga ketib qolgan. U shu boisdan «butun musulmon olami»dan uzr so‘radi. Zelenskiy shu bilan birga «o‘z hazili uchun» kechirim so‘ramayotganini ham bildirgan.

«Men aytdimki, agarda musulmon olamidan hech bo‘lmaganda bir kishini xafa qilgan bo‘lsak ham, bu juda xunuk ish bo‘ladi. Chunki din — nozik masala», — deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, «1+1» telekanali ukrainalik oligarx Igor Kolomoyskiyga tegishliligi aytiladi. Ukrainadagi prezidentlik saylovi oldidan Vladimir Zelenskiy aynan Kolomoyskiy bilan yaqin aloqada bo‘lishda ayblangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring