Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda maxsus kuchlar vertolyoti halokatga uchradi

Afg‘onistonda maxsus kuchlar vertolyoti halokatga uchradi

Foto: «Global Look Press»

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga tutash joylashgan Parvon viloyatida Afg‘oniston maxsus kuchlari xodimlarini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi, deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr».

Parvon viloyati hokimligi matbuot kotibi Vohida Shohkorning aytishicha, vertolyot Parvon viloyati Ko‘hsofiy tumanining Mandiqul qishlog‘ida halokatga uchragan.

Halokat tufayli vertolyotdagi 8 nafar harbiydan necha nafari tirik qolgani, necha nafari nobud bo‘lgani ma’lum emas.

«Tolibon» jangarilari vertolyotni ular urib tushirganini aytmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring