Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro konferensiyaning matbuot markazi ish boshladi

Xalqaro konferensiyaning matbuot markazi ish boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 23-mart kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning matbuot markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Matbuot markazining vazifalari quyidagilardan iborat:

— Xalqaro konferensiyani tayyorlash va o‘tkazishda yuqori sifatli axborot bilan ta’minlash;

— Anjumanni yoritayotgan mahalliy va xorijiy OAV ningyuqori darajadagi ishtirokini ta’minlash hamda xalqaro konferensiyani o‘tkazish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, texnik masalalarni umumiy hal qilish;

— Mahalliy va xorijiy OAV vakillarining qulay va to‘siqsiz faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishini ta’minlash;

— Mahalliy va xorijiy jurnalistlarning xalqaro konferensiyadan reportajlar olishiga, anjuman ishtirokchilaridan va Afg‘oniston muammosini biladigan milliy ekspertlardan intervyu olishiga ko‘maklashish.

Muhokama qilinayotgan masalalarning muhimligini inobatga olgan holda, xorijiy jurnalistlarga qulaylik yaratish va dunyoning barcha hududlardagi vaqtlar xilma-xilligini inobatga olgan holda tezkor axborot uzatish maqsadida matbuot markazi 24 soat faoliyat olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring