Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xalqaro pochtamt»da endi tizim o‘chmaydi

«Xalqaro pochtamt»da endi tizim o‘chmaydi

Foto: «Xabar.uz»

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, albatta energetika bilan bog‘liq jarayon. Elektr toki uzilaversa qurilmalar ham «tanaffus» bilan ishlaydi. Deylik, axborotlarni o‘z vaqtida olish ilojsiz bo‘lib qoladi yoki elektron tizimlarning doimiy ishlashini ta’minlash muammosi paydo bo‘ladi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ «Xalqaro pochtamt» filiali o‘z elektron tizimiga ega. Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularga qulayliklar yaratishda shu tizimdan foydalaniladi. Masalan, tizim orqali jo‘natmalar elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki ularning qayerdaligini nazorat qilish, kuzatish imkoniyatlari bor. Tabiiyki, mana shu tizimning ravon ishlab turishi uchun elektr toki ham ravon bo‘lishi kerak. Chunki bu tizim yuqori quvvatli serverlarga joylashtirilgan.

Ma’lumki, xostinglarga joylashtirilsa tizimning xavfsizligini ta’minlash qiyinlashadi yoki xavfsizlik umuman ta’minlanmasligi mumkin. Shu mezondan kelib chiqib, «Xalqaro pochtamt» tizimi o‘z server kompyuterlariga joylashtirilgan. Lekin ayrim hollarda energiyadagi muammolar sabab tizimning ishlash jarayonida uzilishlar ko‘zga tashlanib turardi.

O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati mazkur muammoni hal qilish maqsadida «Xalqaro pochtamt» filialiga ikki dona: quvvati 1,5 va 1 kVt bo‘lgan, qayta tiklanuvchi akkumulyatori sig‘imi 90 A/s.ga teng qurilmalarni joriy qilish uchun taqdim etdi.

Bu qurilmalar keltirilishi bilan pochtamt elektron tizimi barqaror ishlay boshladi, energiya ta’minotidagi muammo o‘z-o‘zidan yo‘qoldi.

Aytish kerakki, mamlakatimiz innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar ko‘rgazmalarida bir necha bor namoyish etilgan mazkur qurilmalar O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati tomonidan muntazam takomillashtirib borildi. Shu mehnatlar samarasi o‘laroq, masalan, endi bu qurilmalar akkumulyatordan tashqari, quyosh fotoelektrik panellari yordamida ham ishlay oladi.

Xayrulla Qulmatov, tadqiqotchi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring