Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xiaomi» bugunning o‘zida ikkita hamyonbop smartfon taqdim etdi

«Xiaomi» bugunning o‘zida ikkita hamyonbop smartfon taqdim etdi

Foto: «NV.ua»

«Xiaomi» kompaniyasi 12-iyun kuni birdaniga «Redmi 6» va «Redmi 6A» hamyonbop smartfonlarini taqdim etdi. Mazkur smartfonlarda ancha tanaffusdan keyin yana «Mediatek» protsessorlari ishlatilgan, deb xabar beradi «NV.ua».

«Xiaomi Redmi 6» smartfoniga 5,45 dyuymli ekran, 3 gigabayt tezkor xotira va 32 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Asosiy kamerasi 12 + 5 megapiksell, frontal kamerasi esa 5 megapiksell bo‘lib, u yuzni skaner qilish orqali smartfonni blokdan chiqarishda ham ishlatiladi. Barmoq izi skaneri esa smartfonning orqa paneliga o‘rnatilgan.

«Redmi 6» «Android 8.1 Oreo» operatsion tizimida ishlaydi. Ushbu hamyonbop smartfonga oktan yadroli «Mediatek Helio P22» protsessori o‘rnatilgan. Smartfonda akselerometr, yoritish datchigi, raqamli kompas, giroskop, infraqizil port va yaqinlashish datchigi o‘rnatilgan. «Redmi 6»ning og‘irligi 146 grammni tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi esa 3000 mA/soatga teng.

«Redmi 6A» modeli esa nafaqat o‘lchamining kattaligi bilan, balki texnik jihati bilan ham ajralib turadi. Xususan, smartfonga «Helio A22» protsessori, 2 gigabayt tezkor va 16 gigabayt ichki xotira o‘rnatiglan. Asosiy kamerasi 13 megapiksell, frontal kamerasi esa — 5 Mp.

«Redmi 6» Xitoyda 125 dollardan (3/32 gigabaytli versiyasi 156 dollardan) sotuvga chiqsa, «Redmi 6A» 95 dollardan sotiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring