Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy Eron gazining 80 foiziga egalik qiladi

Xitoy Eron gazining 80 foiziga egalik qiladi

Foto: «sabah.com.tr»

Fransiyaning neft va tabiiy gaz kompaniyasi «Total»ning Amerika Eronga qo‘llayotgan saknsiyalari sabab Basra ko‘rfazidagi Janubiy Pars gaz konidan chiqib ketishi tufayli Xitoyning ushbu sohadagi aksiyalari foizi oshib ketdi. Bu haqda «Sabah» xabar qilmoqda.

Eronning rasmiy axborot agentligi «IRNA»ning Eron davlat neft kompaniyasi vakili Muhammad Mustafoviy ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, mazkur loyihada 30 foizlik ulushga ega bo‘lgan Xitoy davlat neft kompaniyasi (CNPC) «Total»ning loyihadagi 50 foizlik ulushini sotib olib, 80 foiz ulushga ega bo‘ldi.

Endilikda Xitoy davlat neft kompaniyasi loyihada 5 milliad dollarlik ulushga ega bo‘ldi.
Tramp hukumati Eron bilan imzolangan yadroviy bitimdan bosh tortishi oqibatida Eronga yangi sanksiyalar qo‘llana boshladi.

Amerikaning Eronga qarshi qo‘llayotgan saksiyasida oltin, kumush va boshqa qimmatbaho ma’danlar, po‘lat, alyumin, ko‘mir sotish, yo‘lovchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlarni import qilish taqiqlangan.
Ushbu sanksiya shu yil 7 avgustdan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring