Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda «Matiz» narxiga teng elektrokarlar sotila boshlandi

Xitoyda «Matiz» narxiga teng elektrokarlar sotila boshlandi

«Baojun E100» elektromobili.

Foto: «Hi-News»

«General Motors», «Wuling Automobile» va «SAIC Motor Corporation» kompaniyalari bir necha yil oldin Xitoyda avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma ko‘rxonani ishga tushirgan edi. Yaqindan buyon mazkur korxona qiymati atiga 5,6 ming dollar turadigan elektrokarni ishlab chiqarmoqda. Ikki o‘rindiqli elektromobil «Baojun E100» deya nomlangan bo‘lib, unda Xitoydagi eng ommabop elektromobilga aylanish uchun zarar bo‘lgan xususiyatlar mavjud, deb xabar berdi «Hi-News».

Aslini olganda mazkur elektromobil narxi mamlakatdagi provinsiyalardan kelib chiqib, 5,6 ming dollardan 9,3 ming dollargacha bo‘ladi. Narxlarning bu kabi tafovuti hududlarga ajratilgan subsidiyalarga bog‘liq — chiqindi gazi bilan havoni ifloslamaydigan transport vositalari uchun alohida e’tibor qaratadigan provinsiyalarda uning narxi arzonroq bo‘ladi.

«Baojun E100» elektromobilining eni 1,5 metrni, balandligi esa 1,6 metrni tashkil etadi va u quvvati 29 kilovatt bo‘lgan akkumulyator bilan jihozlangan. Elektromobil buning yordamida 155 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Bu esa shahar aholisi uchun ayni muddao.

Xitoy hukumati «Baojun E100» elektromobillarini xorij davlatlariga sotishni rejalashtirmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring