Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Superguruch». Xitoylik sholikorlar yangi rekord o‘rnatishdi

«Superguruch». Xitoylik sholikorlar yangi rekord o‘rnatishdi

Foto: «AgroInfo»

Xitoylik agronomlar seleksioner Yuan Lunpin boshchiligida yaratilgan uchinchi avlod gibrid sholidan rekord darajada mo‘l hosil olishdi. Bu haqda 18-oktyabr kuni «Shenzhen Times» gazetasi xabar berdi.

Mamlakat markazida joylashgan Xunan viloyatidagi Sinchju qishlog‘idagi (Xen’yan shahri yaqinida joylashgan) sinov maydonida yetishtirilgan sholining hosildorligi 1 mu (667 kvadrat metr)ga 1 603,9 kilogrammni tashkil etdi. O‘tgan yili 1 530,76 kilogrammlik rekord o‘rnatilgandi.

Yuan Lunpin. Foto: «Sinorusfocus»

Xitoy — biomuhandislik va seleksiya-genetika tadqiqotlari sohasida yetakchi mamlakat. Gibrid sholining otasi deya e’tirof etiluvchi Yuan Lunpin 1973-yilda dunyoda birinchi bo‘lib 1 mu maydonda hosildorlikni 300 dan 500 kilogrammgacha oshirish imkonini beruvchi navni yaratgan. 2000 yili u hosildorligi 700 kilogrammdan (1 mu hisobiga) oshuvchi «superguruch» navini yetishtirgan.

O‘shandan beri ko‘rsatkich ikki karraga oshgani Xitoy sholi seleksiyasi va uni yetishtirish texnologiyasini o‘zlashtirishda yangi sifat bosqichiga ko‘tarilganini anglatadi.

Akademik Yuan Lunpin 2021-yilning may oyida 90 yoshida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring