Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodimga «kelishishni» taklif qilgan fuqaro ushlandi

Xodimga «kelishishni» taklif qilgan fuqaro ushlandi

Foto: IIV

2021-yil 2-fevral kuni Navoiy viloyati IIB YHXB safarbarlik guruhlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda «Cobalt» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda haydovchida boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar yo‘qligi aniqlandi. Jizzaxlik fuqaro Yu.A. tomonidan boshqarib kelinayotgan avtomashina sodir etgan ma’muriy huquqbuzarligi uchun «Karmana Oq Saroy» MChJga qarashli avtomashinalar jarima maydoniga keltirilgan. Ammo vaziyatni jiddiy baholamagan haydovchi mashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX inspektori safdor A.O‘roqovga pora tariqasida 50 AQSh dollari taklif qiladi. Xodim fuqaroning ushbu xatti-harakati qonunga zid bo‘lib, buning uchun javobgarlik muqarrar ekanligini tushuntirishiga qaramay, haydovchi pora taklif etishda davom etadi. Inspektor o‘z vaqtida rahbariyatni ogohlantirgani bois, IIV O‘XB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan A.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar berdi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring