Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm viloyatida «valyutafurushlar» ushlandi

Xorazm viloyatida «valyutafurushlar» ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Yangibozor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va S.lar har bir AQSh dollarini 8450 so‘mdan hisoblab, 7900 AQSh dollarini 66,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bundan tashqari, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro R. har bir AQSh dollarini 8320 so‘mdan hisoblab, 11450 AQSh dollarini 95,2 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotib olayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, fuqaro R.dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 700 AQSh dollari, 133650 Rossiya rubli, 545700 qozoq tengesi va 64,8 mln. so‘m pullar ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring