Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda janjalni bostirmoqchi bo‘lgan «melisa»lar kaltak tagida qoldi

Xorazmda janjalni bostirmoqchi bo‘lgan «melisa»lar kaltak tagida qoldi

Xorazm viloyatining Urganch tumanida 25-may kuni Yuqorido‘rmon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi «Amudaryo» daryosi bo‘yida Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi, muqaddam 3 marotaba sudlangan, J.S. va ukasi, muqaddam 2 marotaba sudlangan, H.S. mast holda shu yerda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashgan.

Shu ish yuzasidan chaqiruv asosida voqea joyiga Urganch tuman IIBdan 2 nafar profilaktika inspektori yetib kelib, surishtiruv ishlari olib borayotganlarida J.S. va H.S. xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, urib, jarohat yetkazganlar. J.S. va H.S. qo‘lga olinganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, jarohat olgan IIB xodimlariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring