Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda navbatdagi markaz ish boshladi

Xorazmda navbatdagi markaz ish boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri joriy yilning 23-noyabr sanasida Xorazm viloyati Shovot tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi Xorazm viloyatida tashkil etilgan yettinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev, Shovot tumani hokimi Xakimboy Otaxonov, AKT vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zafar Karimov hamda mehnat faxriylari va yoshlar ishtirok etdilar.

Foto: «Xabar.uz»

O‘quv markazini tashkil etish uchun Shovot tumanidan «O‘zbektelekom» AK Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi zamonaviy kompyuter texnikalari, robototexnika jihozlari, printer, kibersport o‘yinlari uskunalari va boshqa eng so‘ngi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi. O‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Foto: «Xabar.uz»

Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish, kibersport hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda bilimini oshiradilar. Shuningdek axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, startap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar xodimlarini zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring